O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
565-modda

Maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish

VII bo'lim · Xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish. mehnat nizolarini koʻrib chiqish›34-bob · Mehnat nizolarini koʻrib chiqishAmaldagi tahrir · 2026-yil 19-oktabr

Xodimning mehnat huquqlari buzilishi unga maʼnaviy va (yoki) jismoniy azob-uqubatlar yetkazishga sabab boʻlgan hollarda, sud ish beruvchi tomonidan xodimga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish toʻgʻrisida xodimning talabiga koʻra qaror chiqarishga haqli. Maʼnaviy ziyonning miqdori sud tomonidan belgilanadi.

Sharh

Ish beruvchining noqonuniy harakatlari sababli xodimga maʼnaviy yoki jismoniy azoblar yetkazilgan boʻlsa, xodimning oʻziga yetkazilgan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqidagi talablari qanoatlantirilishi lozim.

Jismoniy azob deganda xodimning organizmi va sogʻligʻiga bevosita yoki bilvosita yetkazilgan zararlar (tanasiga shikast yetkazilishi, kasalliklarga chalinishi va ular bilan bogʻliq doimiy yoki

…
Qisqacha xulosa

Xodimning mehnat huquqlari buzilishi unga maʼnaviy yoki jismoniy azob keltirgan boʻlsa, sud xodim talabiga koʻra ish beruvchi tomonidan maʼnaviy ziyonni kompensatsiya qilish haqida qaror chiqarishga haqli. Maʼnaviy ziyon miqdorini sud belgilaydi. Bu ziyon moddiy zarardan alohida baholanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.