O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
202-modda

Xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etishning dam olish vaqti boʻlmagan davrlari

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Xodimga dam olish uchun emas, balki boshqa maqsadlarda beriladigan, xodimni mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etish davrlari dam olish vaqtiga kirmaydi. Bunday davrlar jumlasiga quyidagilar kiradi:

mehnat shartnomasi ish beruvchining tashabbusiga koʻra bekor qilinishi toʻgʻrisidagi ogohlantirish muddati davrida xodimga ishga joylashish uchun beriladigan ishdan boʻsh boʻlinadigan qoʻshimcha kunlar;

…
Sharh

Dam olish vaqtini xodim mehnat vazifalarini bajarishdan ozod etib qoʻyiladigan boshqa vaqtlardan farqlovchi belgi uning ishdan xoli boʻlgan vaqtdan oʻz ixtiyoriga koʻra foydalanishi mumkinligidir. Shu bilan birga, xodim ishdan ozod etib qoʻyilgan, lekin mehnat vazifalariga kirmagan boshqa vazifalarini bajarish bilan band boʻlgan (masalan, davlat yoki jamoat vazifalarini bajarish, taʼlim olish, malaka oshirish va shu

…
Qisqacha xulosa

Ishdan boʻsh boʻlish qoʻshimcha kunlari – ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishi oldidan ishga joylashish uchun beriladi. Nogiron bolani tarbiyalayotgan ota-ona uchun qoʻshimcha kunlar – 16 yoshgacha boʻlgan bola uchun. Homilador ayollarga berilgan kunlar. Donorlik kuni – qon topshirish yoki tibbiy tekshiruv kunlari. Ijtimoiy taʼtillar – homiladorlik va tugʻish taʼtili, bola parvarish taʼtili, oʻquv va ijodiy taʼtillar. Davlat yoki jamoat majburiyatlari uchun vaqt. Ish beruvchi va jamoa manfaati uchun majburiyatlar vaqti. Vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik. Mehnat qonunchiligida koʻrsatilgan boshqa maqsadlar uchun ishdan boʻsh kunlar.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.