O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
228-modda

Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini berish tartibi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtili ish beruvchi va xodim uchun majburiy boʻlgan taʼtillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat taʼtillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

Taʼtillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra tasdiqlanadi.

…
Sharh

1. Ushbu moddani qoʻllashda avvalo, moddaning nomiga eʼtibor berish va uni toʻgʻri tushunib, toʻgʻri qoʻllash kerak. Ushbu modda “ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat taʼtilini” berishni tartibga soladi.

“Ikkinchi va keyingi ish yillari” degani birinchi ish yilidan keyingi ish yillarining ketma-ketligini anglatadi. Yaʼni, har yilgi mehnat taʼtili ish yilining ketma-ketligiga (ikkinchi, uchinchi,

…
Qisqacha xulosa

Har yilgi mehnat taʼtili jadval boʻyicha, ish beruvchi va kasaba uyushmasi bilan kelishib belgilanadi. Xodimga taʼtil boshlanishidan kamida 15 kun oldin xabar beriladi. Xodimning xohishiga koʻra, muayyan kategoriyalar (ayollar homiladorlik va tugʻish taʼtili, bolani parvarishlash taʼtilidagi xodimlar, koʻp bolali ota-onalar, nogironligi boʻlgan shaxslar, urush qatnashchilari va shu kabi) uchun taʼtil ularga qulay vaqtda berilishi mumkin. Erkaklarga ham ularning xohishiga koʻra xotini homiladorlik va tugʻish taʼtilida taʼtil berilishi mumkin. Taʼtil jadvali xodim va ish beruvchi kelishuvi bilan oʻzgartirilishi mumkin.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.