O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
239-modda

Ijtimoiy taʼtillar berish asoslari va xodim tomonidan ulardan foydalanishning oʻziga xos xususiyatlari

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Qonunchilik, jamoa kelishuvlari yoxud jamoa shartnomasi yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar xodimning ijtimoiy taʼtilga boʻlgan huquqi yuzaga kelishini qaysi holatlar bilan bogʻlaydigan boʻlsa, shunday holatlarning paydo boʻlishi xodimga ijtimoiy taʼtillar berish asosidir. Koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlgan taqdirda, ish beruvchi xodimga ijtimoiy taʼtil berishi shart.

Barcha ijtimoiy taʼtillar vaqtida, ula

…
Sharh

1. Moddaning birinchi qismiga binoan, ijtimoiy taʼtillarni, ular qonunchilikda yoki jamoa kelishuvlari, jamoa shartnomasi yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar belgilanganligidan qatʼiy nazar, ularni berish bilan bogʻliq qilib koʻrsatilgan ijtimoiy holat yuzaga kelganda, ish beruvchi bunday taʼtillarni berishga majburdir.

Ish beruvchining hech qanday holati (vaziyati) qayd etilgan taʼtilni berishni rad etish

…
Qisqacha xulosa

Xodimning ijtimoiy taʼtilga huquqi qonunchilik, jamoa kelishuvi yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda belgilanadi. Shu holatlar roʻy bersa, ish beruvchi ijtimoiy taʼtil berishga majbur. Ijtimoiy taʼtillar xodimning lavozimi saqlanib qolgan holda beriladi. Ular yillik mehnat taʼtilidan alohida beriladi. Belgilangan muddatlarda foydalanilmagan ijtimoiy taʼtilni boshqa vaqtga koʻchirish, jamlab hisoblash yoki pulga aylantirish mumkin emas.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.