O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
222-modda

Har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarini jamlash tartibi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Har yilgi mehnat taʼtilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qoʻshimcha taʼtillar har yilgi asosiy eng kam taʼtil yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʻshib jamlanadi.

Barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan taʼtillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun ellik olti kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

…
Sharh

1. Ushbu moddaning birinchi qismiga binoan, har qanday qoʻshimcha taʼtillar asosiy eng kam taʼtilga (21 kalendar kuni) yoki ushbu xodim yoxud xodimlar uchun belgilangan asosiy uzaytirilgan taʼtilga qoʻshib hisoblanadi.

Masalan, II guruh nogironligi boʻlgan xodimga oʻttiz kalendar kunidan iborat asosiy uzaytirilgan taʼtil berilishi kerak. Agar bu xodim bundan tashqari qoʻshimcha taʼtil olish huquqiga ega boʻlsa,

…
Qisqacha xulosa

Qoʻshimcha mehnat taʼtillari har yilgi asosiy taʼtilga qoʻshib hisoblanadi, lekin ularning umumiy davomiyligi bir ish yilida 56 kalendar kundan oshmasligi kerak. Bu cheklov qonunchilikda belgilanmagan, jamoa kelishuvlari, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomalariga taalluqli taʼtillarga tatbiq qilinmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.