O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
232-modda

Xodimni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olish

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga taʼtilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu munosabat bilan taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak.

Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarni, homilador ayollar

…
Sharh

1. Amaliyotda xodimni mehnat taʼtilidan chaqirib olishga “oʻn ikki kundan keyin”, “oʻn besh kundan keyin” va shu kabi turlicha talqinlar mavjud. Bu talqinlarning birortasi ham toʻgʻri emas.

Mehnat taʼtilidan, moddaning birinchi qismida belgilab qoʻyilganidek, istalgan vaqtda, shu jumladan taʼtilning ertasiga ham chaqirib olishga yoʻl qoʻyiladi. Mehnat taʼtilidan chaqirib olishning yagona sharti – xodimning roziligi.

…
Qisqacha xulosa

Har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga taʼtilning istalgan vaqtida faqat xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Shu munosabat bilan taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi xodimga mazkur ish yili davomida boshqa vaqtda berilishi yoki ushbu Kodeksning 230 va 231-moddalarida nazarda tutilgan talablarga rioya etilgan holda keyingi ish yilida berilishi kerak. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarni, homilador ayollarni va mehnat sharoitlari oʻta zararli va oʻta ogʻir ishlarda band boʻlgan xodimlarni har yilgi mehnat taʼtilidan chaqirib olishga yoʻl qoʻyilmaydi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.