O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
241-modda

Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil tushunchasi va uni berishning umumiy tartibi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil deganda xodimning ish oʻrni (lavozimi) saqlanib qolgan holda haq toʻlanmaydigan taʼtil tushuniladi.

Xodimning yozma arizasiga koʻra unga ish haqi saqlanmaydigan taʼtil berilishi mumkin boʻlib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi, lekin u oʻn ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq boʻlmasligi kerak.

…
Sharh

1. Ish haqi saqlanmaydigan taʼtilni ikki turga boʻlish mumkin. Birinchisi, xodimning iltimosiga koʻra ish beruvchining roziligi bilan beriladigan, ikkinchisi xodimning talabiga koʻra majburiy tarzda beriladigan (MKning 242-moddasi) ish haqi saqlanmaydigan taʼtil.

Ish haqi saqlanmaydigan taʼtil oʻz nomi bilan, har yilgi mehnat taʼtilidan va qisman ish haqi saqlanadigan taʼtildan farqli oʻlaroq, haq toʻlanmaydigan

…
Qisqacha xulosa

Ish haqi toʻlanmaydigan taʼtil – xodimning lavozimi saqlanib, haq toʻlanmaydigan taʼtildir. Xodimning yozma arizasi asosida beriladi va davomiyligi xodim va ish beruvchi oʻrtasida kelishiladi, lekin 12 oylik davrda umumiy muddat 3 oydan oshmasligi kerak. Agar qonunchilikda boshqacha nazarda tutilmagan boʻlsa, favqulodda holatlar (karantin, epidemiya va hokazo)da ish haqi toʻlanmaydigan taʼtil uzluksiz yoki jamlangan holda 6 oygacha uzaytirilishi mumkin.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.