O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
209-modda

Dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlashni taqiqlash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Dam olish kunlarida va ishlanmaydigan bayram kunlarida ishlash taqiqlanadi, bundan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Umuman tashkilotning yoki uning alohida tarkibiy boʻlinmalarining, yakka tartibdagi tadbirkorning keyinchalik normal ishlashi oldindan kutilmagan qaysi ishlarning shoshilinch bajarilishiga bogʻliq boʻlsa, oʻsha ishlarni bajarish zarur boʻlgan taqdirda xodimlarni dam olish kunlari va

…
Sharh

1. Qonun bilan belgilab qoʻyilgan bayram (ishlanmaydigan) kunlarini ish beruvchi ish kuni deb eʼlon qilishga yoki oʻzboshimcha ularni boshqa bir kunga koʻchirishga haqli emas. Bu hol bayram kunlari sanasi va roʻyxatini belgilaydigan ham ayni shu kunlar ishlanmaydigan kunlar boʻlishini nazarda tutadigan ham qonun ekanligi bilan izohlanadi.

Dam olish kunlarida (ichki hujjatda belgilangan shanba, yakshanba yoki ish jadva

…
Qisqacha xulosa

Dam olish va bayram kunlari ishlash odatda taqiqlangan, lekin quyidagi hollarda ruxsat beriladi: Tashkilotning yoki boʻlimning keyinchalik odatdagi faoliyati uchun kutilmagan, shoshilinch ishlar. Uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda toʻxtatib boʻlmaydigan ishlar (hizmatlar). Aholiga xizmat koʻrsatish zarurati, kechiktirib boʻlmaydigan taʼmirlash va yuk yuklash/tushirish ishlari. Madaniy, ommaviy axborot, professional sport va sanʼat sohasidagi ijodkorlar va ishtirokchilar maxsus roʻyxatga muvofiq jalb qilinadi. Ishga jalb qilish tartibi: Xodimning yozma roziligi olinadi. Qaysi ishlar shoshilinch sanalishi jamoa shartnomasida yoki mehnat shartnomasida aniqlanadi. Uzluksiz xizmatlar va maxsus roʻyxatdagi kasblar uchun ichki hujjatlar va shartnomalarda belgilanadi. Haq toʻlash: Dam olish va bayram kunlari ishlaganlik uchun toʻlanadigan mehnat haqi Kodeksning 263-moddasiga muvofiq hisoblanadi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.