Swiss Agency for Development and Cooperation SDC Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi SDC
217-modda
Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi
IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqti
“
Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.
Sharh
“
Ushbu moddaga binoan, har yilgi asosiy mehnat taʼtilining davomiyligi hech bir holatda va hech bir sababga koʻra, xodim toʻliq yoki toʻliqsiz ish kunida ishlashi, oʻrindoshlik asosida ishlaydimi, kasanachimi bundan qatʼiy nazar yigirma bir kalendar kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Bu qoida mehnat taʼtili berilayotganda amal qilish kerak boʻlgan qoidadir. Zero, agar xodim shu ish yilida oʻn ikki oydan kam ishlagan va
…”
O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
Swiss Agency for Development and Cooperation SDC Shveysariya taraqqiyot va hamkorlik Agentligi SDC
217-modda · IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar
Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi
Rasmiy matn
Har yilgi asosiy eng kam mehnat taʼtilining davomiyligi yigirma bir kalendar kunni tashkil etadi.
Sharh
Ushbu moddaga binoan, har yilgi asosiy mehnat taʼtilining davomiyligi hech bir holatda va hech bir sababga koʻra, xodim toʻliq yoki toʻliqsiz ish kunida ishlashi, oʻrindoshlik asosida ishlaydimi, kasanachimi bundan qatʼiy nazar yigirma bir kalendar kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Bu qoida mehnat taʼtili berilayotganda amal qilish kerak boʻlgan qoidadir. Zero, agar xodim shu ish yilida oʻn ikki oydan kam ishlagan va mehnat shartnomasi bekor qilinayotgan boʻlsa, unga foydalanilmagan mehnat taʼtili uchun pulli kompensatsiyani hisoblab chiqarishda taʼtil kunlar haqiqatda ishlagan davrga mutanosib hisoblab chiqariladi.
Ushbu sharhlangan moddadan koʻrinadiki milliy qonunchiligimiz xalqaro standartda belgilangandan koʻproq davomiylikdagi mehnat taʼtilini kafolatlar ekan.
XALQARO STANDARTLAR
Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan ratifikatsiya qilingan XMTning Haq toʻlanadigan yillik taʼtillar toʻgʻrisidagi 132-sonli Konventsiyasining 2-moddasi 1-bandiga koʻra, haq toʻlanadigan har yillik mehnat taʼtili xodim ushbu ish beruvchida uzliksiz oʻn ikki oy ishlaganda olti ish kunidan kami boʻlmagan davomiylikda taʼtil olish huquqiga ega boʻladi.