O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
221-modda

Har yilgi mehnat taʼtillarining davomiyligini hisoblab chiqarish

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Xodimlarning har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi.

Har yilgi mehnat taʼtili davriga toʻgʻri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat taʼtillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi.

…
Sharh

1. Ushbu moddaning birinchi qismida aynan “mehnat taʼtillari” nazarda tutilgan boʻlib, uni ijtimoiy taʼtillar yoki ish haqi qisman saqlanadigan taʼtillar, shuningdek ish haqi saqlanmaydigan taʼtillar bilan aralashtirib yuborish kerak emas. Zero, ijtimoiy taʼtillarni, ish haqi qisman saqlanadigan, shuningdek ish haqi saqlanmaydigan taʼtillarni berish tartibi bundan farq qiladi (batafsil MKning 236 – 242-moddalari

…
Qisqacha xulosa

Xodimlarning har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligi kalendar kunlarda hisoblab chiqariladi. Har yilgi mehnat taʼtili davriga toʻgʻri keladigan ishlanmaydigan bayram kunlari mehnat taʼtillarining davomiyligini belgilashda hisobga olinmaydi. Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda ayrim toifadagi xodimlarga beriladigan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillarining davomiyligi olti kunlik ish haftasi hisobidan kalendar boʻyicha ish kunlarida hisoblab chiqariladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.