O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
220-modda

Bitta tashkilotda yoki tarmoqda koʻp yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›14-bob · Dam olish vaqtiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Xodimga u bitta tashkilotda yoki tarmoqda ishlagan har besh yil uchun davomiyligi ikki kalendar kun boʻlgan, biroq jami sakkiz kalendar kundan koʻp boʻlmagan har yilgi qoʻshimcha mehnat taʼtili beriladi.

Ushbu modda birinchi qismining qoidalari qonunchilikda oʻziga ish staji uchun har yilgi uzoqroq qoʻshimcha mehnat taʼtillari berilishi nazarda tutilgan ayrim toifadagi xodimlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.

…
Sharh

1. Ushbu modda normalarini amaliyotda toʻgʻri qoʻllash uchun, avvalo, “bitta tashkilot”, “bitta tarmoq” nima ekanligini bilib olish zarur.

“Bitta tashkilot” deyarli qiyin tushuncha emas. Ammo bitta tashkilot boʻlinib uning negizida ikki yoki undan ortiq tashkilot tashkil etilganda yoki aksincha, bir nechta tashkilot qoʻshilib bitta tashkilot tashkil etilganda bu masala qanday hal etiladi?

…
Qisqacha xulosa

Xodim har 5 yil ish staji uchun qoʻshimcha 2 kalendar kundan tortib, jami 8 kalendar kundan oshmagan qoʻshimcha mehnat taʼtiliga haqli. Bu qoidalar ayrim xodim toifalariga qoʻllanilmasligi mumkin. Qonun, jamoa kelishuvi, ichki hujjat yoki mehnat shartnomasi orqali boshqa ish beruvchi yoki tarmoqdagi ish staji ham qoʻshimcha taʼtilga kiritilishi mumkin. Agar xodim ish beruvchining taklifi bilan ishga qabul qilingan boʻlsa, boshqa ish staji qoʻshiladi. Mikrofirmalarda xodimlarga qoʻshimcha mehnat taʼtili maxsus shartlar asosida beriladi (Kodeksning 505-moddasi 3-qismi).

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.