O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
111-modda

Xodim bilan muddatli mehnat shartnomasini tuzishning asosliligi.

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›12-bob · Mehnat shartnomasiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Agar muddatli mehnat shartnomasi ushbu Kodeksning 112 yoki 113-moddasi qoidalarini hisobga olgan holda tuzilgan boʻlsa, xodim bilan ushbu shartnomani tuzish asoslidir.

Agar yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar boʻlajak ishning xususiyatini yoki uni bajarish shartlarini hisobga olgan holda nomuayyan muddatga belgilanishi mumkin boʻlmasa, ushbu Kodeksning 112-moddasiga muvofiq muddatli mehnat shartnomasi tuziladi.

…
Sharh

1. Mazkur norma mehnat huquqi tizimida muddatli mehnat shartnomalarining tuzilishida asoslilik printsipini mustahkamlovchi muhim qoidalardan biri hisoblanadi.

MKning 112 yoki 113-moddalar mehnat munosabatlarining muayyan muddat bilan cheklangan holatlarini belgilovchi maxsus qoidalarni oʻz ichiga oladi. Shu sababli agar ish beruvchi xodim bilan tuzilayotgan mehnat shartnomasining muddatli (uch yildan oshmaydigan)

…
Qisqacha xulosa

Mehnat shartnomasini tuzishda, uning muddati mehnat munosabatlarining barqarorligi va xodimning mehnat huquqlari himoyalanganligini belgilab beradi. Aynan shunday holatlarda - vaqtinchalik, mavsumiy, muayyan loyihaga oid yoki vaqtincha yoʻq xodimni almashtirish maqsadida ishga qabul qilish kabi vaziyatlarda - mehnat shartnomasini nomuayyan muddatga tuzish huquqiy va amaliy jihatdan maqbul emas. Shu munosabat bilan, MKning 112-moddasidagi normalarga muvofiq holda bunday vaziyatlar uchun maxsus - muddatli mehnat shartnomasi nazarda tutilgan (MKning 112-moddasi sharhiga qarang).

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.