O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
138-modda

Xodimni boshqa ishga oʻtkazish

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar12-bob · Mehnat shartnomasi

Xodim aynan oʻsha ish beruvchida ishni davom ettirganda uning mehnat vazifalarini oʻzgartirish xodimni boshqa ishga oʻtkazish hisoblanadi.

Xodim uchun sogʻligʻining holatiga koʻra tibbiy xulosa bilan tasdiqlangan qarshi koʻrsatmalar boʻlganda xodimni boshqa ishga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.

Sharh

1. Mazkur qoidaning mohiyati shundaki, agar xodim ayni oʻsha korxonada ishlashda davom etaversa-yu, lekin uning mehnat shartnomasida koʻrsatilgan asosiy majburiyatlari (funktsiyasi) oʻzgarsa, bu mehnat shartlarining oʻzgarishi emas, balki boshqa ishga oʻtkazish deb qaraladi.

Boshqa ishga oʻtkazishda xodimning mehnat vazifalari (shartnomada koʻrsatilgan lavozimi, kasbi, mutaxassisligi yoki malakasi) oʻzgaradi.

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.