O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
173-modda

Ishdan boʻshatish nafaqasi

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar›12-bob · Mehnat shartnomasiAmaldagi tahrir · 2026-yil 20-oktabr

Ishdan boʻshatish nafaqasi xodim bilan mehnat shartnomasi alohida asoslarga koʻra bekor qilinganda xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshiriladigan, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida nazarda tutilgan bir yoʻla beriladigan pulli toʻlovdir.

Mehnat shartnomasi bekor qilinganda quyidagi hollarda ishdan boʻshatish nafaqasi toʻlanadi:

…
Sharh

1. Ishdan boʻshatish nafaqasi bu xodimning mehnat shartnomasi muayyan asoslarga koʻra bekor qilinganda, uning moddiy holatini qoʻllab-quvvatlash maqsadida beriladigan bir martalik pul toʻlovi hisoblanadi.

Xodimning mehnat shartnomasi muayyan asoslari ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan.

…
Qisqacha xulosa

Ishdan boʻshatish nafaqasi — xodimning ishdan mahrum boʻlishi oqibatlarini yumshatish uchun bir yoʻla beriladigan pul toʻlovidir. U ish beruvchi tashabbusi bilan bekor qilinganda (xodim aybi bilan bogʻliq asoslardan tashqari) hamda taraflar xohishiga bogʻliq boʻlmagan ayrim holatlarda toʻlanadi. Nafaqa qonunda, boshqa hujjatlarda yoki mehnat shartnomasida belgilangan tartibda beriladi.

BOG'LIQ MODDALAR

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozing — sizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.