O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbiO'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi
115-modda

Mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilmagan ishning bajarilishini talab qilishni taqiqlash

IV bo'lim · Yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlar12-bob · Mehnat shartnomasi

Ish beruvchi xodimdan quyidagilarni talab qilishga haqli emas:

agar ushbu Kodeksda va boshqa qonunda boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilmagan ishni bajarishni;

Sharh

Sharhlanayotgan ushbu modda xodimdan shartnomada nazarda tutilmagan ishlarni bajarishni talab qilishni taqiqlaydi.

Mazkur moddada bevosita taʼkidlanishicha, ish beruvchi, agar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda boshqacha qoidalar belgilanmagan boʻlsa, mehnat shartnomasida shart qilib koʻrsatilmagan ishni xodimdan bajarishni talab qilishga haqli emas. Bu norma xodim manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan.

Foydalanuvchi fikrlari

MODDA FOYDALIMI?

Fikr yozingsizning tajribangiz boshqalarga yordam beradi

Baholang
Fikringiz moderatsiyadan o'tgach chop etiladi · 0 / 600

Hozircha fikrlar yo'q — birinchi bo'lib yozing.